Kalom, Dushanba, 25 Avgust 2025
Otangning Xudosi senga madad bergay, Qodir Xudo senga marhamat ko‘rsatgay Yuqoridagi osmon barakatlari ila, Yer qa’ridan chiqqan suvning barakatlari ila, Ona ko‘kragiyu pushtining barakati ila.
Tavrot, Ibtido 49:25
Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga bo‘lsa ham uzaytira olarmidingiz?! Shunday arzimas ish qo‘lingizdan kelmas ekan, nega qolgan narsalar haqida tashvish tortasiz?
Injil, Luqo 12:25-26
Muqaddas Kitob Tarjima qilish Instituti, O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob (2012). Matnning dastlabki nusxasi (iyul 2012).