Kalom, Juma, 14 Mart 2025

Xudo aytgani bo‘yicha hamma narsa o‘z vaqtida sodir bo‘ladi. Xudo yuragiga solgani uchun inson vaqt o‘tishini sezadi, lekin Xudo boshidan oxirigacha qilgan ishlarni inson tushuna olmaydi.

Tavrot, Voiz 3:11

Bularni qiladigan kim, bajaradigan kim?! Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?! Men emasmi?! Azaldan Men sizning Egangizman, Oxirgacha ham Egangiz bo‘laman.

Tavrot, Isha’yo 41:4